"Vest Xem" posboniga klub rahbarining Xartni maqtagani yoqmadi

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2017, 18:14
"Vest Xem" darvozaboni Adrian Kastilo klub egasi Devid Sallivanning "bolg'aurarlar" yangi posboni Jo Xart haqida aytgan gaplariga javob qaytardi.

Devid Sallivan intervyularining birida, Xart uning jamoasidagi eng yaxshi darvozabon ekanligini aytgan.

"Haqiqat uchun rahmat. Ammo sizda yana ikki professional, klubni hurmat qiladigan va uning sharafi uchun kurashadigan posbon bor" - deydi Adrian.

So'nggi mavsum ispaniyalik posbon APLning 16 ta uchrashuvida maydonga tushib, 25 ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com