“Vest Xem” Pellegrinini istefoga chiqardi
29 dek 2019 07:19
Yangiliklar
“Vest Xem” Pellegrinini istefoga chiqardi
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. “Bolg'aurarlar” APL 20-turi o'z maydonida “Lester”ga (1:2) mag'lub bo'lgach, rahbariyat murabbiy bilan kelishuvni bekor qildi.
Pellegrini 2018 yilning may oyida “Vest Xem”ga bosh murabbiy etib tayinlangandi. O'tgan mavsumda ushbu mutaxassis qo'li ostida jamoa APL turnir jadvalini 10-pog'onada yakunlagan edi. Ayni paytda esa London klubi turnir jadvalining 17-pog'onasini egallab turibdi.
Ilgari xabar qilinganidek, klubni boshqarishga asosiy nomzoj sifatida Devid Moyes ko'rsatilmoqda. U 2017 yilning noyabridan to Pellegrini kelguniga qadar aynan “Vest Xem”da faoliyat yuritgan. Moyes faoliyati davomida “Sanderlend”, “Real Sosedad”, “Mancheter Yunayted”, “Everton” singari jamoalarida ishlagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar