"Vest Xem" Moyesni istefoga chiqarishni rejalashtirmoqda
06 dek 2022 17:47
Yangiliklar
"Vest Xem" Moyesni istefoga chiqarishni rejalashtirmoqda
"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes egallab turgan lavozimidan ozod qilinishga yaqin.
59 yoshli shotlandiyalik mutaxassisning klub raisi bilan munosabatlari keskinlashib bormoqda.
"Bolg'achilar" rag'barichti jamoa murabbiyiga mavsum o'rtasidagi tanaffusga qadar chidab turmoqchi. Moyes JCH-2022 yakuniga etgach APLning "Arsenal"ga qarshi "Boksing dey"dagi o'yinda jamoani boshqarib boradi. Devidning bo'shatilishiga "Vest Xem"ning past natijalari, jumladan, mundialdan avvalgi 3 ta o'yinda mag'lub bo'lgani va klub rahbarlarining yangi futbolchilarni xarid qilishda tutadigan yo'liga qarshiligi asosiy sabablar sifatida ko'rsatilmoqda.
"Vest Xem" ayni paytda Angliya chempionati turnir jadvalida 14 ochko to'plagan holda 16-pog'onani "Everton" bilan bo'lishib turibdi.
Fikrlar