"Vest Xem" Lingardni to'laqonli asosda xarid qilishi mumkin
01 mar 2021 07:02
Yangiliklar
"Vest Xem" Lingardni to'laqonli asosda xarid qilishi mumkin
"Vest Xem"da ijara asosida harakat qilayotgan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard London klubida qolishi mumkin.
London klubi angliyalik futbolchini o'z safida saqlab qolmoqchi va u bilan to'laqonli asosda shartnoma imzolamoqchi.
28 yoshli o'yinchining "Manchester Yunayted" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Lingard joriy mavsum "Vest Xem" libosida 5ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar