"Vest Xem" Lingard bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi
30 avg 2021 01:50
Yangiliklar
"Vest Xem" Lingard bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi
Londonning "Vest Xem" klubi "Manchester Yunayted"ning angliyalik yarim himoyachisi Jessi Lingard borasida muzokaralarni to'xtatdi.
"Bolg'achilar" CSKAning xorvatiyalik hujumchisi Nikola Vlashich transferi bilan bog'liq barcha masalalarni hal qilish uchun shunday yo'l tutgan. Avvalroq futbolchi bilan shartnoma borasida hali kelishuvga erishilmaganligi haqida xabar berilgandi.
Jessi Lingard o'tgan masumni ijara asosida "Vest Xem"da o'tkazdi. Futbolchi klub safida 16 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, jamoaning Evropa Ligasiga yo'l olishiga katta hissa qo'shdi.
Fikrlar