"Vest Xem" futbolchisi rak kasalligi sabab olamdan o'tdi
18 apr 2014 23:15
Yangiliklar
"Vest Xem" futbolchisi rak kasalligi sabab olamdan o'tdi
"Vest Xem"ning avslraliyalik hujumchisi Dilan Tombayds rak kasalligi oqibatida 20 yoshida vafot etdi.
Futbolchida ushbu kasallik 2011 yil yozida aniqlangandi.
Ushbu mavsumda Tombayds "Vest Xem"ning yoshlar jamoasi safida sakkiz o'yinda maydonga tushib va bir golga mualliflik ham qilgandi.
Angliya premer-ligasi doirasidagi "Vest Xem" - "Kristal Pelas" o'yini oldidan har ikki jamoa futbolchilari va muxlislar uning xotirasiga hurmat bajo keltirishadi.
"Dilanni taniydiganlarning barchasi uni juda hurmat qilishardi. U juda aqilli, fikrlash doirasi keng va ochiq ko'ngil yigit edi. U suyukli o'g'il, ajoyib aka va "Vest Xem" jamoasining hurmatga sazovor azosi edi. U bilan tanish bo'lgan insonlarning barchasi uni qo'msashadi", - deb yozadi klub rasmiy sayti.
Fikrlar