“Vest Xem” azosining sirli jarohati shifokorlarni o'ylantirib qo'ydi
10 mar 2022 10:00
Yangiliklar
“Vest Xem” azosining sirli jarohati shifokorlarni o'ylantirib qo'ydi
“Vest Xem” futbolchisi Jarrod Bouen “Liverpul”ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.
“Bolg'achilar” bosh murabbiyi Devid Moyes, Bouenning tovoni lat egani haqida aytdi, ammo bir nechta tekshiruvlar futbolchida muammo yo'qligini ko'rsatdi. SHifokorlar 25 yoshli vingerga aniq tashxis qo'ya olishmayapti.
“Uch yoki to'rt marta skanerdan o'tkazdik va jiddiy hech narsani ko'rmadik, ammo hali ham muammo nimadaligini aniqlashga harakat qilmoqdamiz”, deydi Moyes.
Fikrlar