"Vest Xem" argentinalik yarim himoyachining klubdan ketishini elon qildi
16 iyu 2023 20:44
Yangiliklar


"Vest Xem" argentinalik yarim himoyachining klubdan ketishini elon qildi
Hujumkor yarim himoyachi Manuel Lansini "Vest Xem"ni erkin agent sifatida tark etadi. Bu haqda "bolg'achilar" rasmiy saytida xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchi 2015 yildan beri "Vest Xem" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu vaqt ichida yarim himoyachi 226 uchrashuvda qatnashib, 32 marta raqib darvozasiga to'p kiritgan va 28 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Mavsum yakuniga ko'ra, London klubi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 38 ta o'yinda 40 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi va 14-o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar