Verratti PSJ rekordchisiga aylandi
19 fev 2020 09:05
Yangiliklar
ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Borussiya”ga qarshi bahsda PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti o'yinni to'liq o'tkazdi. Bu Marko uchun PSJ safida evrokuboklardagi 58-o'yin bo'ldi. Natijada italiyalik futbolchi bu borada rekordchiga aylandi. Verratti 57 ta o'yin o'tkazib, PSJning evroarenadagi rekordchisi bo'lib kelgan Pol le Guenni ortda qoldirishga erishdi.
Malumot uchun, Verratti “Borussiya”ga qarshi 11 mart kuni bo'lib o'tadigan javob o'yinida ishtirok etmaydi.
Fikrlar