Veron: "Sotqinlik? Maradonaga aybdor kerak edi va u meni tanladi"
07 iyu 2016 12:12
Yangiliklar
Veron: "Sotqinlik? Maradonaga aybdor kerak edi va u meni tanladi"
Argentina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Xuan Sebastyan Veron aytishicha, Diego Maradonaning oldinroq aytgan so'zlari hech qanday ahamiyatga ega emas.
JCH-2010dan so'ng Maradona Veronni sotqin degan va futbolchi hamda uning otasi haqida hech narsa eshitishni istamasligini aytgan.
"Maradona bilan yuzma-yuz gaplashishga yo'q demasdim. U sotqinlik haqida gapirdi, ammo uning so'zlari hech qanday ahamiyatga ega emas. Diegoga aybdor kerak edi va meni tanladi. Maradona bilan muammoim bo'lmagan. Kamera oldida bunday gaplarni gapirish oson. Gapirayotgan odam yoningda bo'lsa boshqa gap" - deydi Veron.
Fikrlar