Verner gripp alomatlari tufayli Germaniya TJ yig'iniga kelmadi
06 okt 2020 22:00
Yangiliklar


Verner gripp alomatlari tufayli Germaniya TJ yig'iniga kelmadi
“CHelsi” hujumchisi Timo Verner terma jamoa ixtiyoriga haligacha kelmadi.
Jurnalist Kerri Xauning yozishicha, forvard gripp alomatlarini boshidan kechirmoqda. Verner test topshirgan va uning natijalarini kutmoqda.
CHorshanba kuni Germaniya Turkiyaga qarshi nazorat bahsini o'tkazadi. SHundan so'ng, Yoaxim Lyov shogirdlarini Millatlar Ligasi doirasida Ukraina va SHveycariyaga qarshi uchrashuvlar kutmoqda.
Timo Germaniya milliy jamoadagi debyutini 2017 yil o'tkazgandi. Bugunga qadar hujumchi “Bundestim” safida 30 o'yinda qatnashib, 12 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar