Verner: "CHelsi"ga o'tish - faoliyatimdagi eng yaxshi qaror"
08 iyu 2021 15:52
Yangiliklar
Verner: "CHelsi"ga o'tish - faoliyatimdagi eng yaxshi qaror"
Londonning "CHelsi" klubi forvardi Timo Verner "aristokratlar" safidagi ilk mavsumi haqida gapirdi.
"CHelsi"ga o'tish - faoliyatimdagi eng yaxshi qaror. Bosh murabbiy almashganidan so'ng jamoadagi statusim yaxshilandi. Men bu erga zaxirada o'tirish uchun kelmaganman. O'ynashni xohlayman. Sabrsizlik bilan keyingi mavsumni kutmoqdaman", - deydi nemis hujumchisi.
Verner 2020 yilning iyulidan beri "CHelsi"da o'ynaydi. Futbolchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Timoning "CHelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar