So’nggi yangiliklar

22:20Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  52 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  29 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  13 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  71 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  7 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  2 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0

Verner Berger: "Andijon" birinchi bo'limda xatolarimizdan foydalanishi mumkin edi" Yangiliklar

Verner Berger: "Andijon" birinchi bo'limda xatolarimizdan foydalanishi mumkin edi"

"Andijon" jamoasining o'rtoqlik uchrashuvidagi kechagi raqibi "CHiksereda" bosh murabbiyi Verner Berger o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida fikrlaringiz qanday? 
- Bu o'yinni bir qancha qismlarga bo'lgan bo'lardim. Birinchi taymda bizda ko'plab muammolar bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa muammolarimiz ancha bartaraf etildi. Biz yaxshiroq o'yin ko'rsata boshladik. Bizda hali yana 3 hafta bor. Menimcha, bu muddat jamoamizning mavsumga to'liq tayyorgarlik ko'rishiga etarli bo'ladi. Biz kurash olib borishimiz kerak. Har bir poziciya uchun kurashishga majburmiz. Har bir uchrashuvda o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak. Yaxshihamki oldimizda mavsumga tayyorlanish uchun yana 3 hafta vaqt bor. Umid qilamanki, jamoa sifatida shakllanishga muvaffaq bo'lamiz.

 - "Andijon" safida aynan qaysi futbolchi ajralib turdi?

- Murabbiy sifatida hech qachon qaysidir yakka futbolchi haqida gapirishni yoqtirmayman. Raqib o'yinini muhokama qilishni to'g'ri deb bilmayman. Lekin jamoa sifatida yaxshi o'yin ko'rsatyapmiz, deyishim mumkin. Baribir haligacha ko'plab elementlarda oqsash holatlari kuzatilyapti. Oldindagi ishlar bo'yicha pozitiv kayfiyatdaman. Optimistik holatda fikr bildiryapman va biz rivojlanishimiz kerak. Buning uchun barcha imkoniyatimiz bor. 

- Birinchi bo'limda jamoangizning himoyasida muammolar bo'ldi...

- Albatta, birinchi taymda raqibimiz qo'pol xatolarimizdan foydalanishi mumkin edi va bu borada ustunlik qildilar. Ikkinchi bo'limda o'yinimizni qo'lga oldik va kamroq xatolar qildik. O'yinda yaxshi va yomon elementlarni ko'rdim. Bizdan talab qilinadigan narsa shularni ustida ishlashimiz kerak. Yana bir nechta o'rtoqlik o'yinlari orqali ushbu xatolarimizni yopib ketishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика