Veri: "Lukaku Konte sabab yuksalmoqda"
06 mar 2021 18:23
Yangiliklar
Veri: "Lukaku Konte sabab yuksalmoqda"
"Inter" sobiq forvardi Kristian Veri "neradzurrilar" safida o'ynayotgan belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men Romelu Antonio Konte sabab yaxshiroq o'ynaydigan bo'ldi deb hisoblayman. Lukaku APLda ko'plab gollar urgan, ammo o'shanda unda bunday kurashlarga bo'lgan chanqoq yo'q edi. Hozir esa biz Kontening ishini ko'rmoqdamiz.
Bu murabbiy futbolchilarni o'z ishlarini ideal tarzda amalga oshirishlariga majbur qilmoqda. Antonio Lukakuni optimal formaga keltirdi", - deydi Veri.
27 yoshli hujumchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 8ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar