Vengerga FIFAdan ish taklif qilishdi
08 mar 2019 15:48
Yangiliklar


Vengerga FIFAdan ish taklif qilishdi
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger tez orada FIFAda ish boshlashi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, franciyalik mutaxassisga tashkilotning texnik rivojlanish bo'limi boshlig'i lavozimi taklif qilindi. Agar Venger ushbu taklifni qabul qilsa, uning vazifalariga texnologik innovaciyalarni qo'llash hamda futbol qoidalarini o'zgartirish kiradi.
Venger hozircha kelajagi borasida qaror qabul qilgani yo'q. Agar u FIFA taklifiga rozi bo'lsa, mutaxassisning tayinlovi haqida bir necha hafta ichida elon qilinadi.
Oldinroq, Venger PSJda direktor sifatida ish boshlashi haqida xabarlar elon qilingan edi, ammo Parij klubi prezidenti mish-mishlarni rad etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar