Venger O'zilning JCHdagi o'yini borasida nimalar dedi?
10 iyu 2018 20:11
Yangiliklar


Venger O'zilning JCHdagi o'yini borasida nimalar dedi?
"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Germaniya termasi yarim himoyachisi Mesut O'zilning mundialdagi o'yinlari borasida gapirdi.
"Men O'zil ajoyib futbolchi ekanligini yaxshi bilaman. Biroq u va Gyundogan JCHdan keyin o'zini anchagina yo'qotib qo'ygan. O'zilga yordam kerak. U bilan bahslashish shart emas. Uning o'yinlarini ko'rdim, O'zil faqatgina oldinga, o'ynashga intildi.
Uning o'yinlarini ko'rayotgandimda shunday dedim: "Bu haqiqiy O'zil emas, men bilgan yigit barchani o'ldiradi". U yomon o'yin ko'rsatmadi, biroq unga berilgan erkinliklar kamroq bo'ldi", - dedi Venger.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar