Venger Lukas Peres "Arsenal"da qolishini istaydi
09 may 2017 15:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/252372_original.jpg)
![](/upload/storage/252372_220.jpg)
Venger Lukas Peres "Arsenal"da qolishini istaydi
"Arsenal" hujumchisi Lukas Peres "to'pchilar"ga kerak.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger aytdi.
"U yaxshi ishlamoqda. Peres - yuqori darajali hujumchi, ammo u munosib bo'lgan o'yin amaliyotini bera olmayapman. Biroz afsusdaman.
Peres Ispaniyaga qaytishi mumkinmi? Agar murabbiy bo'lib qolsam, uni olib qolgan bo'lardim, biroq unda o'yin amaliyoti uchun imkoniyat bo'lishini ko'rib chiqishimiz kerak" - deydi Venger.
Lukas Peres 2016 yil 17 mln. funt evaziga "Deportivo"dan "Arsenal"ga o'tgan. Joriy mavsum hujumchi 11 ta uchrashuvda 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar