Venger: "Kloppni chetlatishmasligi uchun unga o'zini bosib olishni maslahat berdim"
Aslanov Jasurbek
14 yanv 2016, 11:10
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Liverpul"ga qarshi APLning 21-tur uchrashuvida hissiyotlarga berilib ketgan raqib ustozi Yurgen Kloppni tinchlantirdi.
"Hakamlar uni chetlatishmasligi uchun unga o'zini bosib olishni maslahat berdim. Klopp zaxira hakami bilan ko'p tortishdi. U yerda nima bo'lganini Yurgendan so'rang, ammo hammasi ajoyib o'tdi, salbiy jihatlar bo'lmadi" - deydi fransiyalik murabbiy.