"Venger ketishi kerak"

Mirjalol Normatov
3 mar 2018, 14:01
"Tottenxem" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xarri Rednapp "Arsenal"ning holati haqida gapirdi.

Mutaxassis Arsen Vengerning jamoadan ketishini istaydi. Chunki uning "Arsenal"dagi davri yakunlangan.
"Venger - ajoyib murabbiy, "Arsenal"da faoliyatining asosiy qismini o'tkazdi. Biroq uning ketadigan vaqti bo'ldi, deb hisoblayman. Kimdir ishidan ayriladigan bo'lsa, bu haqda gapirganlarni yoqtirmayman. Biroq Vengerning tark etadigan vaqti bo'ldi", - dedi Rednapp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sportsmole