Venger: "Angliya termasini boshqara olaman"

Aslanov Jasurbek
11 may 2018, 14:20
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya termasini boshqarishi mumkinligini aytdi.

"Angliya termasini boshqara olamanmi? To'g'risi, bilmayman. Balki boshqara olarman. Bir vaqtlar menda shunday imkoniyat bo'lgandi, biroq hozirda men Garet Sautgeytga muxlislik qilyapman. Umid qilamanki, u terma bilan 22 yil ishlaydi", - dedi Venger.

Venger 1996 yildan buyon "Arsenal"ni boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal