"Veneciya" Jovinko bilan shartnoma imzolashi mumkin
06 iyu 2021 10:16
Yangiliklar
"Veneciya" Jovinko bilan shartnoma imzolashi mumkin
"Al Hilol" forvardi Sebastyan Jovinko Italiyaga qaytishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 34 yoshli italiyalik futbolchiga yangi mavsumni A Seriyada boshlaydigan "Veneciya" klubi davogarlik qilmoqda.
O'yinchi Italiyadagi ishtiroki orqali milliy jamoaga qaytishga umid qilmoqda.
Jovinkoning Saudiya Arabistoni bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangan. U "Al Hilol" safida umumiy 83ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 19ta assist qayd etdi.
Fikrlar