Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyatini Kiprda davom ettirishi mumkin
28 iyu 2019 13:18
Yangiliklar


Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyatini Kiprda davom ettirishi mumkin
Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Migel Velozu shu yozda Kipr chempionatida ko'rinish berishi mumkin.
33 yoshli portugaliyalik futbolchining "Jenoa" bilan tuzgan shartnomasi yaqin kunlarda yakuniga etadi. U klub tarkibida 3 mavsum davomida harakat qildi.
Xavbek faoliyatini davom ettirish maqsadida Nikosiyaning "Omoniya" klubi variantini ko'rib chiqmoqda. Hamkorlikka har ikki tomon ham qiziqmoqda. Muzokaralar esa davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Velozu "Dinamo" tarkibida 2012 yildan 2014 yilgacha harakat qilgan. Bu vaqt mobaynida futbolchi "oq-ko'klar" tarkibida 127ta o'yin o'tkazib, 14ta gol va 20ta assistga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar