So’nggi yangiliklar

23:01Алдервейрелд ваҳима касаллиги туфайли Бельгия терма жамоасини тарк этганини айтиб берди  0 21:09Аморимга трансферлар учун тен Хагга нисбатан камроқ пул беришади  3 20:45Эшитдик-да! "Нефтчи" икки мураббийга жавоб бермоқчи  6 20:31"Бавария" стадионидаги чим U15 жамоаси майдонига юбориляпти  3 20:28"Қизилқум"нинг икки футболчисига бир қатор клублар қизиқмоқда  2 19:54Саудия Арабистонида можаро авж олди. Айрим легионерлар маош олишмаяпти  6 19:28Футзал бўйича Олий лига. "Максам-Чирчиқ" "Металлург"дан устун келди  0 19:07Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкентда йиғин бошлади  0 18:48КХДР термаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши алоҳида стратегиямиз мавжуд"  46 18:31Жамшид Болтабоев чиндан ҳам "Нефтчи" билан келишиб олдими? Футболчининг ўзи жавоб берди  6 18:12"Ливерпуль" Салоҳга муносиб ўринбосар топди  5 17:45"Сити" Ҳоландни Премьер-лигадаги энг кўп маош олувчи футболчига айлантирмоқчи  4 17:18Ўзбекистон КХДРга қарши баҳс олдидан расмий машғулот ўтказди  25 17:04Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Ироқ билан муроса кўчасини танлади  4 16:49Футзал бўйича Олий лига. "Оил Стар" "Сурхон" дарвозасига "хоҳлаганича" тўп киритди  0

Vegxorst MYU muxlislarini g'azablantirdi: 0:7dan oldin "Bu Enfild" yozuviga tegdi. Endi esa o'zini oqlamoqda (mutolaa uchun) Yangiliklar

Vegxorst MYU muxlislarini g'azablantirdi: 0:7dan oldin "Bu Enfild" yozuviga tegdi. Endi esa o'zini oqlamoqda (mutolaa uchun)

Oldin "Liverpul"ga muxlislik qilishini aytgan.

"Manchester Yunayted" "Enfild"da 0:7ni qabul qilib oldi, muxlislar esa aybdorni topishdi – bu niderlandiyalik hujumchi Vaut Vegxorst.

Barchasiga MYU futbolchisining maydonga chiqishdan oldin This is Anfield (Bu "Enfild") yozuviga tekkani sabab.



Bu muxlislarning g'azabiga sabab bo'ldi.


U qanday yozuv? Unga raqiblar tegishi mumkinmasmi?

This is Anfield yozuvi – "Liverpul" stadionining bosh ramzlaridan biridir. "Qizillar"ning ko'plab muxlislari unga tegishni xohlashadi.



Bu belgini o'z vaqtida afsonaviy murabbiy Bill SHenkli osib qo'ygan: "U bu erda biz kim uchun o'ynayotganimizni va raqiblar kimga qarshi o'ynayotganini eslatib turadi".

"Liverpul" futbolchilari uzoq yillar maydonga chiqishdan oldin ushbu yozuvga teginishgan. Yurgen Klopp This is Anfield'ni o'yinchilar uchun o'ziga xos motivaciya uchun ishlatgan. Nemis jamoada hech kim sovrin yutmaguncha belgiga tega olmasligini aytgan. Futbolchilar ham 2019 yil CHempionlar ligasidagi g'alabagacha yozuvga tegishmagan.



Raqiblarga kelsak, ularga yozuvga tegish taqiqlanganmi? Hech qaerda bunday qoida yo'q, kimdirga buni qilish yoqadi. Masalan, Ian Rayt Vegxorstning tarafini oldi va o'zi haqida aytib berdi:

"Albatta, unga tekkanman. Ammo, yigitlar bilan o'yinga chiqish oldidan emas, qizib olish mashqlaridan oldin. Maydonga chiqasan, belgini ko'rasan va tegmay keta olmaysan. Bu axir afsona-ku!"

"Liverpul" (va "Everton") sobiq futbolchisi Don Xatchinson maydonga chiqishdan oldin ko'plab mehmon jamoalar o'yinchilarining This is Anfield'ga tegishganini yozgan. Garchi, uning o'zi "Everton"da o'ynagan payti bunday qilmagan bo'lsa ham.

Bu erda 2014 yilda Karlo Anchelotti belgi bilan suratga tushmoqda.



Yosip Ilichich umuman This is Anfield'ga tegayotgani aks etgan tatiurovka qildirgan.



Raqib jamoalarda o'ynagan "Liverpul"ning ayrim muxlislari ham ushbu belgiga tegishgan. "Blekbern" o'yinchisi Robbi Sleyter 1995 yilda belgiga tekkanini va "qizillar" futbolchisi Jon Barnsdan gap eshitganini tan olgan: "U menga baqirdi va raqib safida o'ynayotganimni aytdi. Unga esa "Liverpul"ga muxlislik qilishimni va belgiga tegish uchun to'liq huquqim borligini aytdim. "Blekbern" o'shanda "Enfild"da g'alaba qozondi".

Vegxorstdan tashqari maydonga chiqish oldidan belgiga Virjil van Deyk, Trent va Xarvi Elliott (so'nggi ikkisi – bolalikdan "Liverpul" muxlislari) tegishdi. SHuningdek Kodi Gakpo – garchi u klub bilan hali hech narsa yutmagan bo'lsa ham.


Vegxorst "Liverpul"ga muhabbatini tan oldi. Ie

Aslida gap Vegxorstning belgiga tekkanida emas. Vaut bir necha bor "Liverpul"ga muhabbatini tan olgan. Bu ilk bor 2018 yilda "Volfsburg"ga o'tganidan ko'p o'tmay yangragan.

"Bolaligimdan "Liverpul" safida "Enfild"da o'ynashni orzu qilganman. Agar to'liq borimni bersam, menga bunday imkoniyat taqdim etiladi deb o'ylayman", – degan hujumchi De Telegraaf bilan intervyuda.

Ikki yildan so'ng ham bu fikr o'zgarmadi:

"Liverpul"ni o'zgacha klub deb hisoblayman. Haligacha You'll Never Walk Alone'dan etlarim jimirlab ketadi. SHuningdek boshqa buyuk Angliya klublari bor, men shuningdek doim "Milan"ni qo'llab-quvvatlaganman – u erda ajoyib niderland futbolchilari o'ynashgan".



Ammo, Vaut "Man Yunayted"ga o'tganidan ko'p o'tmay yangi jamoasi uchun bor kuchini ishga solishini aytdi: "Bu o'zgacha lahza. Juda g'ururlaman va klub uchun o'yinlarda borimni beraman".


Muxlislar juda norozi: hatto Vegxorstni klubdan yo'qotishga chaqirishmoqda

Albatta, belgiga teginish va o'tgan gaplar "Yunayted" muxlislarini g'azablantirgan – ular bor g'azablarini Vegxorstga sochishdi.

Niderlandiyalikni ijtimoiy tarmoqlarda bunday harakat uchun tanqid qilishdi.

"Manchester Yunayted" o'yinchisi qilmasligi kerak bo'lgan narsalar bor – bu eng aniq narsa. "Byornli"/Turkiya yoki qaerdan kelgan bo'lsa o'sha erga ketishi mumkin".



"U ortiq "Manchester Yunayted"da o'ynashi kerakmas. "Liverpul" muxlislari ushbu belgiga tegishni orzu qilishlarini barcha biladi. Buni kechirib bo'lmaydi".



"Belgiga tekkan ilk MYU o'yinchisi".



"O'yin boshlangunga qadar yutqazgan edik"



Roy Kin ham birga:

"Hech qachon belgiga tegmaganman. Bu bemanilik. Ha, bu "Liverpul" futbolchilari uchun anana, ammo raqiblar uchun emas".


Vegxorst o'zini oqlamoqda: belgiga Van Deykning jahlini chiqarish uchun tekkan

"Enfild"dagi yirik mag'lubiyatdan so'ng niderlandiyalik hujumchining o'zi ham tushuntirish berdi. Hammani "Liverpul"ga muxlislik qilmasligini ishontirishga urindi, belgiga esa Van Deykning jahlini chiqarish uchun tekkan:

"Odatda mediadagi shovqinlarga munosabat bildirmayman, ammo bu o'zgacha holat. Sababi "Manchester Yunayted"ning ajoyib muxlislari men uchun juda muhim. SHu sabab tarmoqlarda aylanayotgan video bo'yicha tushuntirish bermoqchiman.

Terma jamoadan bilamanki, Virjil doim o'yinlar oldindan ushbu belgiga tegadi. Va bu men ham tekkanimning yagona sababi", – unga buni qilishga imkon bermaslik va uzoqlashtirish.

Bolalikdan "Tvente"ga muxlislik qilaman, shuningdek hozir o'ynayotgan va g'ururlanadigan "Manchester Yunayted"ga ham. Mening ushbu buyuk klubga bo'lgan sodiqligim shubha ostiga olinmasligi kerak.

Yakshanba barchamiz uchun dahshatli kun bo'ldi. Biz buni yaqin haftalarda to'g'irlash uchun maksimum kuchimizni ishga solamiz. Birgalikda zarbadan tiklanamiz va mavsumdagi barcha maqsadlarimizga erishamiz".



Tribuna ostidan olingan videoga qarasak, Vaut haqiqatdan ham Van Deykdan so'ng darhol belgiga tekkan. "Liverpul" himoyachisi qo'lini olgandan soniya o'tib. Vegxorstning raqiblarni jahlini chiqarish xohishi haqida Argentina terma jamoasi futbolchilari aytib berishgandi: Leo Messi Vautning o'yindan oldingi provokaciyasi sabab intervyu paytida niderlandiyalikka gapirib ketgandi.

Vegxorstga ishonamizmi?


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика