Vaskes "Real"ga ultimatum qo'ydi

Alisher
1 mar 2021, 13:50
Madridning "Real" klubi hujumchisi Lukas Vaskes yangi bitim borasida klub bosslari bilan muloqot qilishda davom etmoqda.

29 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar"ga ultimatum qo'ydi. Lukas unga klub maoshi oshirilgan holatdagi shartnoma taklif qilgan holatda, yangi bitimni imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, Vaskesning Madrid grandi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Hujumchi joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal