Vaskes "Arsenal"ga o'tishi mumkin

Alisher
20 iyun 2019, 14:25
"Real" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Londonning "Arsenal" klubi 27 yoshli yarim himoyachiga qiziqmoqda. Xabar qilinishicha, madridliklar ham Vaskesning sotuvini o'rganib chiqishmoqda.

Vaskes klub strukturasiga 2007 yilda kelgan. 2012 yildan esa asosiy jamoada o'ynay boshlagan. U madridliklar bilan 3 marta CHL sovrinini boshi uzra baland ko'targan.

Uning Zinedin Zidan jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil iyunda o'z yakuniga etadi.

Vaskes yakunlangan mavsum "Real" libosida 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta samarali uzatma qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: matchtv.ru