Vardi va "Lester"ning yana ikki muhim futbolchisi "Man Siti" bilan o'yinda jarohat oldi
28 sen 2020 19:48
Yangiliklar
Vardi va "Lester"ning yana ikki muhim futbolchisi "Man Siti" bilan o'yinda jarohat oldi
"Lester"ning uch futbolchisi Angliya chempionatining 3-turi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin(5:2)da jarohatga yo'liqdi.
Hujumchi Jeymi Vardi sonidan, himoyachi Jonni Evansning to'piq suyagidan, yarim himoyachi Dennis Prat esa tizzasidan lat edi.
Futbolchilarining jarohatlari haqida jamoa bosh murabbiyi Brendan Rojers o'yindan keyin xabar berdi. Aytilishicha, Prat eng jiddiy jarohatga ega.
"Siti"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etgan Vardi 85-daqiqada o'zgartirilgan bo'lsa, Evans 80-daqiqada, Prat 69-daqiqada boshqa o'yinchiga almashtirildi.
Fikrlar