Vardi Amerika klubi xo'jayinlaridan biriga aylandi
16 iyu 2021 02:57
Yangiliklar
Vardi Amerika klubi xo'jayinlaridan biriga aylandi
"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi Amerikaning "Rochester Raynos" futbol klubi egalaridan biri bo'ldi.
"Vardi minoritar ulush (kompaniyaning 50 foizdan kamrog'iga egalik qilish)ni qo'lga kiritdi va "Rochester Raynos"da sayohat qilishdan mumnun", – deb xabar qildi klub matbuot xizmati.
"Rochester Raynos" 1996 yilda tashkil qilingan va 2017 yilga qadar turli darajadagi ligalarda ishtrok etgan. 2021 yildan boshlab jamoa yana qaytmoqda.
34 yoshli Vardi Angliya chempioni va ushbu mamlakat kubogi sohibi sanaladi. U ushbu mavsumda 42 o'yinda qatnashib, 17 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar