Varan nega "Real"dan ketmoqchi bo'lgan? Sabablar aniqlandi

Aslanov Jasurbek
12 apr 2019, 17:17
"Real" himoyachisi Rafael Varan Madrid klubida qolishi mumkin.

"Real" Varanni sotmoqchi emas va boshqa klublardan tushadigan takliflarni ko'rib chiqmaydi. Fransiyalikning shartnomasidagi tovon puli 500 mln. evro.

Klubdagilarning fikricha, ular Varan o'rniga munosib himoyachi topa olishmaydi. Shu bilan birga futbolchi nega "Qirolli klubi"dan ketishga qaror qilgani ma'lum bo'ldi.

Birinchidan, yangi shartnoma. Hozir "Real" yozda jamoani tark etmoqchi bo'lgan fransiyalikka yillik maoshi 9 mln. evro bo'lgan bitim taklif qilmoqda. Vaziyat bu bilan biroz yumshashi mumkin.

Bundan tashqari, klub JCH-2018dagi g'alaba uchun Varanga bayram uyushtirib bermaganidan xafa. "Atletiko" va "Barselona" futbolchilari mundialdagi muvaffaqiyati uchun maydonda taqdirlangan edi. "Real" esa birgina videorolik bilan cheklangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As