So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  0 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  50 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  3 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  21

"VAR uchun 14 daqiqa". Toshkentda nimalar bo'ldi? Yangiliklar

"VAR uchun 14 daqiqa". Toshkentda nimalar bo'ldi?

Nihoyat, Superliganing 4-tur bahslariga start berildi.

"Qo'qon-1912" Yaypanda "Metallurg" ustidan zafar quchgan bo'lsa, "Dinamo" "Bunyodkor"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Hozir poytaxtdagi o'yin tafsilotlariga to'xtalamiz.

Bunyodkor

Umarali Rahmonaliyev - 83', Avazbek O'lmasaliev - 90'

Superliga. 4-tur

31/03/2022, 19:00

1
:
2
Tugadi

Dinamo

Sahob Rashidov - 16'

45'
90'
15'  Jahongir O'rozov
46'  Dilshod Jo’rayev (Odiljon Abdurahmonov)
46'  Ibrohim Tomiva (Usmonali Ismonaliev)
73'  Muzaffar Olimjonov (Husayin Ergashboev)
73'  Jahongir O'rozov (Umidbek Sultonov)
83'  Umarali Rahmonaliyev
88'  Umarali Rahmonaliyev
90'  Avazbek O'lmasaliev
13'  Oybek Nurmatov
16'  Sahob Rashidov
16'  Ibrohim Yo'ldoshev
64'  Abduzhamol Isroilov
66'  Temur Ismoilov
75'  Oybek Nurmatov (Saidullo Rahmatov)
86'  Sahob Rashidov (Aleksandar Glishich)
86'  Temur Ismoilov (To'lqin Ergashev)
90'  ZHo'rabek Mannonov

Halol va qo'pol futbol

O'yindan oldin har 2 jamoa futbolchilari va hakamlar birgalikda suratga tushishdi. Ular barchani "Halol futbol" shiori ostida kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashishga chorlashdi. O'zPFL bu yo'lda "Red Button" ilovasi yaxshi yordamchi bo'lishiga ishonmoqda.

Biroq, Rustam Lutfullinning start hushtagi yangrashi bilan birlik ham, do'stligu barobarlik ham unutilib, maydonda haqiqiy kurash boshlanib ketdi. Keyingi 90 daqiqa davomida 2 penalti, 9 ta sariq kartochka va 1 diskvalifikaciyaning guvohiga aylandik. 

Dastlabki gol

O'tgan turda Superligadagi birinchi ochkosini qo'lga kiritgan Predrag Rogan shogirdlari bugun ilk bor raqib darvozasini ham ishg'ol qilishdi. "Dinamo"ning 4 turda urilgan yagona goli Sahob Rashidovning nomiga yozildi. 

Samarqandliklarning elitadagi oxirgi goli Obidjon Hakimovning nomiga yozilgan edi (2019 yilning 30 noyabrida "Nasaf" darvozasiga urilgan).

Kichik nizo

Uchrashuvdagi eng qiziq vaziyat birinchi bo'limda sodir bo'ldi. Rustam Lutfullin VAR yordami bilan "Dinamo" darvozasi tomon penalti belgiladi. SHundan keyin maydondagi futbolchilar o'rtasida kichik nizo yuzaga keldi. Aniqrog'i, xuddi 3-turda bo'lgani kabi Ibrohim Tomiva hamda Dilshod Jo'raev yana o'zaro to'p talashib qolishdi. 

Zarbani yana nigeriyalik forvard beradigan bo'ldi. Biroq, Tomiva bu gal 2 bor urinsa ham Miloe Prekovich darvozasiga yo'l topa olmadi. SHundan keyin tajribali Dilshod Jo'raev jamoadoshiga nisbatan keskin ohangdagi etirozlarini yashirib o'tirmadi.

SHundan keyin har 2 futbolchini zaxiraga olgan Viktor Karpenko matbuot anjumanida bugun tushunmovchilik bo'lgani va bu holat jamoa ichida alohida ko'rib chiqilishini takidladi.

Maqsudov tribunada o'tirdi

Musobaqaning 2-turi doirasidagi "Qizilqum"ga qarshi o'yinda mobil aloqa vositasidan foydalangan "Bunyodkor" bosh murabbiyi O'FA Tartib-intizom qo'mitasi 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan edi. SHu tufayli bugun "qaldirg'ochlar"ni Viktor Karpenko maydonga boshlab chiqdi. SHuhrat Maqsudov esa o'yinni muxlislar orasidan kuzatishga majbur bo'ldi.

VAR yoki vaqt haqida

Bosh hakam 90 daqiqa ichida 9 sariq, 1 qizil kartochka ko'rsatgani va 2 bor "Dinamo" darvozasiga penalti belgilagani to'g'risida aytdik. Ammo, Lutfullin bu qarorlarni qabul qilishi oson bo'lmadi. Uchrashuv davomida VAR tizimi 5 bor o'yinga aralashdi. SHu epizodlar umumlashtirilsa, jami 14 daqiqa vaqt VAR qarorini kutish bilan o'tdi. Aniqrog'i, birinchi bo'limda 5 daqiqa 30 soniya, tanaffusdan keyin esa 8,5 daqiqa to'xtalish bo'ldi (faqat VAR uchun)...

SHunday bo'lishiga qaramay, referi uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berdi. Eng qizig'i, bu vaqtning 1,5 daqiqasi "Bunyodkor" futbolchilarining gol nishonlashi bilan o'tib ketgan bo'lsa ham, yakunda "Dinamo" uchun konpensaciya qilinmadi...

Anana davom etdi

"Dinamo" O'zbekiston chempionatlari doirasida "Bunyodkor" bilan 23-marta to'qnash keldi. Etiborli jihati, ushbu klublar o'rtasidagi hech bir bahsda nursiz durang qayd etilmagan edi. Bugun ham anana buzilmadi. Muhtasham stadionga yig'ilgan 2000 ga yaqin muxlislar 1 emas, 3 ta golga guvoh bo'lishdi.

Doston Ibragimov qaerga g'oyib bo'ldi?





Muallif :
Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика