"VAR" bilan barcha muammolar hal bo'lib qolmayapti. JCH-2022dagi eng munozarali vaziyatlar (TOP-10)
23 dek 2022 15:35
Yangiliklar
"VAR" bilan barcha muammolar hal bo'lib qolmayapti. JCH-2022dagi eng munozarali vaziyatlar (TOP-10)
Jahon chempionati shukuhi hali bizni tark etmagandek. Bazi o'yinlar, bazi epizodlar muhokamasi hali ham davom etmoqda. Jumladan, hakamlar va ular bilan bog'liq masalalar. Ko'pchilik "VAR" hakamlik borasidagi muammolarni to'liq hal qiladi va hech qanday savolga o'rin qoldirmaydi deb o'ylagandi. Biroq bu muammo yo'qolganicha yo'q. SHunchaki muammoning rakursi o'zgardi.
Umumiy olganda Qatardagi musobaqada "VAR" o'yinga 27 marta aralashdi. Ulardan 25 tasida hakamlar dastlabki qarorlarini o'zgartirishdi. Ikki marta bosh hakam takroriy lavhadan keyin ham o'z fikrida qoldi. Bu – JCH-2018da bo'lganidan ko'proq, o'shanda "VAR" 17 marta hakamlarga yordamga kelgan va ular qarorini o'zgartirgan, uch marta esa fikrida qolgandi. Biroq ushbu vaziyatni chuqurroq o'rganish mumkin.
Misol uchun Qatarda "VAR" guruh bosqichida ayniqsa faol bo'ldi. SHu bosqichning o'zidayoq "VAR" butun JCH-2018dagidan ko'proq ishga tushirildi. Pley-offga kelib esa nimadir o'zgarib qolgandek. Faqatgina ikki marta pley-offda ishlagan hakamlar "VAR" sababli o'z qarorlarini o'zgartirishdi.
Bundan kelib chiqadiki, "VAR" guruh bosqichida o'rtacha 0,52 marta o'yinga aralashgan bo'lsa, pley-offda bu ko'rsatkich 0,125 tashkil etdi. Farq sezilarli darajada katta. SHu o'rinda takidlash lozim, pley-offda hakamlik darajasi bir muncha yuqoriroq darajada bo'ldi. Guruh bosqichidan keyin hakamlar odatdagidek bir saralandi. Xato kamroq bo'lsa - "VAR" ham ishga kamroq aralashadi. Bu mantiqan to'g'ri.
SHunday bo'lsada, hamon "VAR" tufayli qabul qilingan bazi qarorlar haligacha muhokamaga sabab bo'lmoqda. ESPN muhokamalarga sabab bo'lgan 10 ta shunday vaziyatni ajratib ko'rsatishga qaror topdi.
10. Xorvatiya - Belgiya (0:0) uchrashuvida Lovrenning ofsaydi sabab bekor qilingan penalti
Karrasko jarima maydonchasida Kramarichga tegib, xorvatiyalik yiqilgach, angliyalik hakam Entoni Teylor nuqtaga ishora qildi. Biroq o'yindan tashqari holatni aniqlovchi yarimavtomat texnologiya Lovrenda inson seza olmaydigan darajadagi kichik offsaylni aniqladi. FIFAning suratlaridan ham qanaqasiga Lovren Vertongendan oldinda bo'lib qolganini tushunish biroz mushkul edi. Biroq tizim shu haqida malum qilardi. Balki bu erda gap aynan grafika va uni taqdim etilishidadir. Biroq bunday holat texnologiyalarga bo'lgan ishonchni, moyillikni oshirmagani aniq.
9. Amartining Nunesga nisbatan qo'polligi uchun Gana bilan bahsda (2:0) Urugvay foydasiga penalti belgilamaslik
"VAR" germaniyalik Daniel Zibertni takroriy lavhani ko'rishga taklif qilganida, Urugvaydagi barcha hakam Amartining Nunesga nisbatan jarima maydonchasida ishlatgan foli uchun penalti belgilashiga ishonchi komil edi. Ammo bu JCH-2022 davomida faqat ikki bor yuz bergani, referi vaziyatni takroran ko'rib ham dastlabki qarorini o'zgartirmagan, holatdan bittasi edi. Qiziq tomoni esa Zibert shu uchrashuvdan keyin mundial o'yinlarida ishlamadi.
8. Portugaliya - Gana o'yinida (3:2) Salisuning Ronalduga nisbatan "foli" uchun belgilangan penalti
Amerikalik hakam Ismail Elfat 62-daqiqada jarima maydonchasi ichida Salisuning Ronalduga tegib ketishida fol ko'radi. Ko'pchilik "VAR"ni bu holatda vaziyatga aralashmagani uchun tanqid qilishdi. Biroq aslida xonadagilar vaziyatni takroran ko'rishgani turgan gap. Takroriy lavhalar ganalik nafaqat Krishtianuga, balki to'pga ham eta olganini ko'rsatardi. Qaysidir jihatlari bilan bu holat Amarti va Nunes vaziyatini eslatardi, faqat yakuniy qaror, natija boshqacha bo'ldi. Bu vaziyatda hakam penalti belgilamaganida, o'yindan keyin ko'pchilik u haqida eslab ham o'tirmasa kerak edi. Qayd etish lozim FIFA Elfatni qo'llab-quvvatladi. Ismail shuningdek Kamerun - Braziliya va Yaponiya - Xorvatiya o'yinlarida ishladi.
7. Franciya - Angliya uchrashuvidagi Upamekanoning Keynga nisbatan folidagi ehtimoliy penalti (2:1)
Qizg'in muhokamalarga sabab bo'lgan epizod. SHu bilan birga u qadar mushkul bo'lmaganlaridan. Jarima maydonchasining o'ngroqdagi chegarasida Upamekano Keynga nisbatan qoidani buzgan holda harakat qildi. Biroq hakam Vilton Sampayo (Braziliya) to'qnashuvni etiborsiz qoldirdi. Jarima maydonchasida yiqilgan forvard ochiqchasiga "VAR"ni "chaqirish" kerakligiga ishora qilardi. Amalda ham shunday bo'ldi.
Lekin qoida jarima maydonchasigacha buzilgani malum bo'ldi, bundan kelib chiqadiki, Sampayoga hech qanday fikr berish mumkin emas. Agarda fol jarima maydonchasida bo'lganida "VAR" referini xatodan qaytarib, penalti belgilashga chorlardi. Yozilgan qoidalarda shunaqa nyuanslari ham bor. SHuningdek, bu holat FIFAning "VAR" tizimi hozircha mukammal emasligiga yana bir isbot. Takroriy lavhalardan keyin ham aniq bir fikr aytish mushkul edi ("VAR"dagilarda boshqa rakurslardan ham takrorlar bo'lgani aniq), ammo "VAR" vaziyatni tekshirayotgani qolganlarga ko'rsatilmadi va shu sababli ham savollar ochiq qolib ketdi.
6. Franciya - Marokash (2:0) uchrashuvidagi Ernandesning Bufalga nisbatan folidan keyin ehtimoliy penalti
Ernandes va Franciya termasi Teoning ehtimoliy foli sabab jazolanmay qolgani etmagandek, ogohlantirish Bufalga nasib qildi. Hakam esa "VAR" xatosi haqida ogohlantirmaganida sariqni ham bekor qila olmasdi.
Ernandes va Bufalning to'qnashuvi penaltiga sabab sifatida qizg'in muhokama qilinmoqda, sababi bir qarashda bu chindan o'n bir metrlik jarima zarbasi edi. Biroq meksikalik Sesar Ramos va o'sha kuni "VAR"da ishlagan kanadalik Dryu Fisher bunday fikrda emasdi. Sababi Teo to'pga ham tegingan, raqib bilan to'qnashuvni esa ular o'yinda bo'ladigan epizod deb topishdi. Nazarimizda, agarda hakam va "VAR" penalti belgilaganida kimdir jiddiy ravishda talashmagan bo'lardi.
5. Ekvador - Qatar uchrashuvida (2:0) Valensiyaning goli offsayd tufayli bekor qilindi
Bungacha "VAR" to'g'ri qaror qabul qilgani, ammo malumotlar to'liqligicha ochiqlanmagani sabab etirozlar paydo bo'lgani haqidagi vaziyat borasida gaplashgandik. SHunga o'xshash holat chempionatning ilk daqiqalaridayoq yuz berdi, Valensiya bir qarashda mezbonlar darvozasini ishg'ol qilgandi, lekin gol bekor qilindi.
Darvoza oldida shunchalik talato'p yuzaga keldiki, takroriy lavhalar, stop-kadrlar ham, "VAR" modellari ham aniq fikr bildirish uchun zamin yaratolmasdi. Translyaciyadagi turli rakurslar ham foyda bermadi. Natijada biz qatiy qabul qilingan offsaydni, biroq malumot kamligi sabab yuzaga kelgan ko'plab savollarga ega bo'ldik.
4. Tanakaning Yaponiya - Ispaniya (2:1) o'yinidagi goli
Tanakaning 51-daqiqada urgan goli janubiy afrikalik hakam Viktor Gomes tomonidan inobatga olinmadi. Lekin "VAR" darvoza chizig'idagi kamera kadrlarini ko'rgach, hal qiluvchi uzatma amalga oshirilayotganda to'p chiziqni to'liqligicha kesib o'tmaganini va ko'pchilik muxlislar qatori, referi ham adashgani malum qildi. Biroq biz yana malumotni to'g'ri etkazilmasligi sababli yuzaga kelayotgan muammoga duch kelyapmiz. Translyaciyadagi hech bir takroriy lavha to'p maydonda qolganini bilish uchun etarli bo'lmagandi.
Oradan bir sutka o'tibgina FIFA "VAR" qaror chiqarishda foydalangan kadrlarni chop etdi. Ungacha esa muhokamalar avjiga chiqib ulgurgandi. Bazilar haligacha fikri o'zgarmagan, sababi o'yinni ko'rgan, lekin keyingi tafsilotlardan bexabar qolgan. Bazi Ligalar "VAR" kadrlarini translyaciyaga ham uzatishni yo'lga qo'ygan. FIFA esa JCH-2022da bunday qilmadi. Natijada "VAR"ga bo'lgan savollar soni anchaginani tashkil etdi.
3. Polsha - Argentina (0:2) uchrashuvida SHesni Messiga qarshi foli uchun penalti
CHempionatdagi eng tushunarsiz, yaqqol bo'lmagan penalti gollandiyalik Danni Makkeli tomonidan belgilandi. SHesni to'pga chiqishda Messi bilan to'qnashdi. Ko'pincha bunday epizodlarni "VAR" qayta ko'rib ham chiqmaydi. Biroq bu safar u etiborini o'sha epizodga qaratdi, Makkeli esa qarshilik ko'rsata olmadi va penalti belgiladi. Qizig'i, Messi o'sha penaltidan unumli foydalana olmagan, Makkeli uchun esa mundial o'sha kuni yakuniga etgandi.
2. Urugvayning Portugaliyaga qarshi o'yinida Ximenesning qo'l bilan o'yini (0:2)
Qarordan kelib chiqsak, bu JCHning eng qo'pol xatosi edi. SHunga qaramay, eng ko'p muhokamalarga sabab bo'lganicha yo'q. Brunu Fernandesh to'pni jarima maydonchasiga yo'llayotganda u erga qulayotganida tayanch vazifasini bajarishi kerak bo'lgan Ximenesning qo'liga tegdi.
"VAR"dagi qatarlik hakam Al Marri eronlik Fag'oniga vaziyatni takroran ko'rib, ehtimoliy penalti masalasini hal qilish zarur. Eronlik bu fikrni qo'llab-quvvatladi. Bu vaziyatda muhokama bo'lishi ham mumkin emas. Qoidalarda aynan shu kabi holatlar yozib qo'yilgan. Futbolchi yiqilayotganida tayanch bo'ladigan qo'lga to'p tegishi fol emas. Fag'oni takroriy lavhani ko'rib, hattoki FIFA qoidalariga amal qilishni istamadi. SHundan so'ng, Fag'onini chempionatda boshqa ko'rishmadi.
1. Franciyaning Tunisga qarshi uchrashuvida Grizmanning bekor qilingan goli (0:1)
"VAR" protokolidagi eng katta xato shu o'yinda yuz berdi. Bu erda jarayonning o'zida xatolik yuz berdi. O'yin oxirida Grizmann hisobni tenglashtirdi. Etiborlisi, u to'pni Talbidan kelgan to'pni egallab olgandi – yani Tchuameni chindan o'yindan tashqari holatdagi jamoadoshiga to'pni uzatgan bo'lsada, Antuan sherigidan emas. Hakam yangi zelandiyalik Konger golni inobatga oldi. Orada malum vaqt o'tgach, u final hushtagini ham chaldi. Va bo'ldi.
U to'g'ridan-to'g'ri ravishda "VAR"ni rad etib, ortga qaytib, vaziyatni takroran ko'rishni istamagandek. Biroq yana o'sha qatarlik Al Marri hakamga takroriy lavhani ko'rish zarurligiga ishontirdi va gol ofsayd tufayli bekor qilindi. Buning hammasi o'yin yakunlangach yuz berdi. Bu esa reglamentning qo'pol ravishda buzilishi. O'z navbatida FIFA ham o'yin natijasini durangga o'zgartirish masalasini ko'rib chiqishni istamadi. Yaxshi hamki ushbu bahs natijasi guruhdagi holatga jiddiy tasir ko'rsatmadi. Albatta, Al Marri va Kongerni biz boshqa JCH o'yinida ko'rmadik.
FOTO: uefa.com, gettyimages.com
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar