So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  14 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  2 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Vaqt mashinasi. Nega “Yuventus” transfer bozorida yaxshigina ishlashi kerak? Yangiliklar

Vaqt mashinasi. Nega “Yuventus” transfer bozorida yaxshigina ishlashi kerak?

O'tgan mavsum Italiya chempionatida chempionlik haqidagi savollarga muddatidan oldin javob bergan “Yuventus” 2014/15 yilgi mavsumda evrokuboklarda yaxshi ishtirok etmoqchi.
1996 yildan beri Evropa maydonlarida biror yutug'i bilan maqtana olmaydigan “keksa sinora” transfer bozoridagi o'z strategiyasini o'zgartirishi kerak.

Italiya grandi o'tgan mavsum “Galatasaroy”ga kichik hisobda mag'lub bo'lib CHempionlar Ligasi guruh bosqichida uchinchi o'rinni egallagan. Keyin esa Evropa Ligasining hal qiluvchi bosqichida imkoniyatni qo'ldan boy berdi. Qisqasi, u erda ham “Yuventus”ning peshanasiga g'oliblik yozilmagan ekan. Buning aksini ular A Seriyada namoyish etishdi. Nega endi turinliklar o'z chempionatidagi oltin medallarni, evrokuboknikiga almashtira olmaydi?



Javob oddiy: “Yuve” shunchaki futboldagi asosiy ishni, yani to'pni raqib to'riga joylay olmayapti. Mamlakat chempionatida hech qanday muammo yo'qdek, ammo xalqaro arenada turli jamoalar bir-biridan farqli o'yin namoyish etganligi sabab, “keksa sinora” qiyinchiliklarga duch kelyapti. Mana nega ko'pgina Italiya klublari o'zidan kuchsizroq bo'lgan jamoalarga mag'lub bo'ladi. SHu bilan birga bu holat, hujumdagi foydasiz o'yinga ham bog'liq, italiyalik hujumchilar o'z muxlislarini ko'p bora boshini changallab qolishga majbur qilishyapti.

“Qora-oqlar”ning himoya qo'rg'oni yaxshi ishlaydi, shu bilan birga maydon markazida ham ajoyib ijrochilari bor. Ammo “bomba” hujumchi bo'lmasa, ular shunday davom etaverishadi. Tarkibdagi Lorente va Teves juftligi bu muammoni yo'q qila olmadi. Hammamizga malumki, eng yaxshi klublar kubokni boshi uzra ko'tarishi uchun eng yaxshi futbolchilarga ega bo'lishi kerak.  



Barcha grandlar o'z saflarini yuqori darajadagi hujumkor futbolchilar bilan to'ldirib bo'lishdi,  bunday futbolchilarning ko'pchiligi ayni “pishgan” pallada. “Yuventus”da esa vaziyat boshqacharoq: klub barchaga o'zini nimalarga qodirligini isbotlab bergan futbolchilarga taklif jo'natadi. Bunday strategiya sizni CHempionlar Ligasi finaliga olib kelmasligi aniq. O'z safini davri o'tgan futbolchilar bilan to'ldirish, xuddi eski “ayfon” sotib olishga o'xshaydi: bu aparat yaxshiroq, ammo siz zamonaviyroq mahsulot uchun ortiqcha pul ishlatgingiz kelmaydi.

Pirlo va Kannavarochi? Ular “Yuventus” safiga ancha yoshi o'tgandan keyin qo'shilgan-ku? Ha, bu trasferlar o'z mahsulini berdi va klub bir nechta sovrin yutib oldi. Pirlo – bir bokal yaxshi vinoga o'xshaydi vaqt o'tgan sari yaxshilanib boraveradi. Bunday ijrochilar deyarli yo'q. Bu investiciya klubni o'z chempionatida yutuqlarga olib kelishi mumkin, ammo uzoq muddatli etakchilikda bu yaramaydi.

Yig'im mavsumi har qanday fermer uchun juda muhim sanaladi, chunki ular o'z hosilini yo'qotishi mumkin. “Keksa sinora”ning ham Evropada o'zini ko'rsatish vaqti keldi. Klubda himoya va yarim himoyaning yaxshigina asosi bor,  shu sababli, dunyo darajasidagi bir juft hujumchi ularga uzoq mavsum katta hosil keltirish uchun etadi.



Agar “Yuventus” yana bir bor xalqaro arenada muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, yosh iqtidor egalari klubdan ketishga tushib qolishlari mumkin. Arturo Vidal va Pol Pogba ismlari hozirda eng yaqoridagi ismlar qatoridan joy olgan. Bunga qo'shimcha ravishda shuni aytish mumkinki, ko'pgina kuchli ijrochilar faoliyatini tugatishga yoki okean ortiga pul ishlashga ketishi yaqin, shu sababli – hozir yoki hech qachon.

Italiyaning hozirgi  UEFA jadvalidagi koefficenti oldingidan juda past, shu sabab “Yuventus” mamlakat sharafi uchun ham kurashishi kerak. “Yuve”ning  PSJ, “Real”, “Bavariya” va “Barselona” kabi jamoalar bilan raqobatga kirishishining ayni payti. Hozirgi transferlar “Yuventus” kelajagi uchun katta ahamiyatga ega va yangi futbolchilar, muxlislar tomonidan uzoq yillar eslab yurilishi, ehtimoldan holi emas.


Xorij matbuoti asosida Jasur Aslanov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика