Vanda Nara: "Bolalar Italiyada o'qishadi. SHunday ekan 2ta shaharda yashaymiz"
06 sen 2019 11:35
Yangiliklar


Vanda Nara: "Bolalar Italiyada o'qishadi. SHunday ekan 2ta shaharda yashaymiz"
Mauro Ikardining xotini va agenti Vanda Nara futbolchining "Inter"dan PSJga ijara asosida o'tganligiga izoh berdi.
Parijliklarda futbolchini mavsum yakunlanganidan so'ng 70 million evroga sotib olish imkoniyati bor.
"Biz va bolalar buni umuman kutmagan edik. "Boka Xuniors"dan esa jiddiy takliflar tushmagan.
Mauro kichkinagina chemodanni, qolganlarini esa men o'zim bilan oldim. Bolalar Italiyadagi maktabga qatnaydilar, shunday ekan biz Milan va Parijda yashaymiz", - deydi Vanda Nara.
Karikatura: Vanda va Mauro Ikardi Parijga yo'l olishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar