Van Prag, Vilyar va Seferin UEFA prezidenti bo'lishga davogar
23 iyu 2016 09:27
Yangiliklar


Van Prag, Vilyar va Seferin UEFA prezidenti bo'lishga davogar
UEFA matbuot xizmati sentyabr oyida tashkilotga yangi prezident saylanishini malum qildi.
UEFAning yangi rahbari bo'lish uchun Aleksander Seferin (Sloveniya futbol ittifoqi prezidenti), Maykl van Prag (Gollandiya futbol ittifoqi) va Anxel Mariya Vilyar Lona (Ispaniya futbol federaciyasi prezidenti) davogar bo'lib turishibdi.
Yangi prezident saylovi UEFAning 12-navbatdan tashqari kongressi chog'ida, 14 sentyabr kuni Afinada bo'lib o'tadi.
UEFA Prezidenti avtomatik tarzda FIFA kengashi vice-prezidentiga aylanadi.
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 31

Fikrlar