Van Persi JCHda van Galdan kaltak egani haqida gapirdi
24 may 2020 15:15
Yangiliklar
Van Persi JCHda van Galdan kaltak egani haqida gapirdi
Niderlandiya termasining sobiq futbolchisi Robin van Persi JCH-2014ning chorak finalida Kosta-Rikaga qarshi o'yinda bosh murabbiyi Lui van Gal to'satdan urib qolganini aytdi.
"O'yinning qo'shimcha bo'limlari boshlandi va mening oyoqlarim tomiri tortisha boshladi. Van Gal menga qarab: "Seni almashtiraman", deb baqirdi. Unga esa men: "Yo'q, yo'q, tez orada penaltilar seriyasi boshlanadi", deb javob berdim. So'nggi 20 daqiqa juda qiyin o'tdi. Van Gal esa mening qiynalayotganimni ko'rib jahli chiqayotgandi.
O'yin yakunlanganidan keyin barchamiz yon chiziqda yig'ildik, u mening oldimga keldi va kutilmaganda urib qoldi. Bam! Katta va og'ir qo'l mening tanamga kelib urildi va u shunday dedi: "Men bilan boshqa bunday gaplashma!".
Van Gal bazida futbolchilarni quchoqlashi ham, zarba berishi ham mumkin", - dedi van Persi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar