Van Nistelroy "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fernandeshning o'yiniga baho berdi
31 okt 2024 15:02
Yangiliklar
Van Nistelroy "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fernandeshning o'yiniga baho berdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Rud van Nistelroy yarim himoyachi Brunu Fernandeshning kubok doirasida "Lester" darvozasini ikki bor ishg'ol qilgani haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, bu bahsda manchesterliklar 5:2 hisobida g'alaba qozonishdi.
"Brunudan ko'nglim to'q edi. Mashg'ulotlarda u qanday mehnat qilayotganini ko'ryapman. Fernandesh o'z elkasini juda katta yukni olishdan qo'rqmaydi. O'tgan bahsda unga erkinlik berildi. Umid qilamanki, Brunu shu ruhda davom etadi", - deya mutaxassis so'zlaridan iqtibos keltiradi BBC.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 30 yoshli portugaliyalik 9 o'yinda 2 ta assist qayd etdi. "Qizil iblislar" bor yo'g'i 14-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Винисиус "Реал"дан йилига 30 млн. евро талаб қиляпти, аммо "Реал"...
Ла Лига. "Реал" "Эльче" билан ўйинда қоқилди, аммо биринчи ўринда қолди — "Барселона" билан орадаги фарқ 1 очко
Fikrlar