Van Marveyk: "G'ururli mag'lubiyat"
16 iyu 2018 18:10
Yangiliklar
Van Marveyk: "G'ururli mag'lubiyat"
JCH-2018ning 1-turi doirasida Franciyaga qarshi uchrashuvdan keyin Avstraliya termasi bosh murabbiyi Bert van Marveyk o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"G'urur va alam. Bugun yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. Hech kim biznikilar Franciyaga bunday qarshilik qila oladi deb o'ylamagandi. SHunday vaziyatlar bo'ldiki, raqiblardan ustunlik qila oldik. Buni francuzlarning o'zi ham aytishdi. Ular tasodifiy gol urib, hisobni 2:1ga etkazgunga qadar bizda bir necha yaxshi vaziyatlar bo'lgandi. Biz o'yinga tuzgan rejamizning 95 foizini amalga oshira oldik. Durangga loyiq edik", - dedi van Marveyk.
Fikrlar