Van Gal: "Sulsher Mourinyu kabi "avtobus" qo'llayapti"
27 mar 2019 11:08
Yangiliklar


Van Gal: "Sulsher Mourinyu kabi "avtobus" qo'llayapti"
"Manchester Yunayted" sobiq ustozi Lui van Gal Joze Mourinyu va Ule-Gunnar Sulsherning "qizil iblislar"dagi ishiga baho berdi.
"Mendan keyin kelgan murabbiy (Mourinyu) taktikani "avtobus"ga o'zgartirdi va jamoa qarshi hujumlarga tayanib o'ynay boshladi. Hozirgi murabbiy (Sulsher) ham "avtobus"dan foydalanyapti. Sulsher va Mourinyu o'rtasidagi farq shundaki, Ule g'alabaga erishyapti.
Hozir u erda emasman, ammo o'zgarishlar bo'layotganini sezyapman. Sulsher Pogbaning joyini o'zgartirdi.
Biroq MYU hozir ko'rsatayotgan o'yin Fergyuson davridagidek emas. Bu himoyaviy, qarshi hujumga tayanilgan futbol. Agar u sizga yoqsa marhamat. Agar bu o'yin mening hujumkor futbolimdan yaxshiroq bo'lsa, yaxshi. Biroq men bunday deb hisoblamayman" - deydi van Gal.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar