Van Gal: "Oldimda rad etib bo'lmas takliflar bor"

Mirjalol Normatov
26 apr 2018, 16:40
Gollandiya termasi va "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal futbolga qaytishga yaqinligini aytdi.

"Ayrim insonlarga yoqmasa-da aytaman, oldimda bir necha takliflar bor. Nafaqaga chiqdim deb ayta olmayman. Balki iyul oyida yangi jamoa bilan shartnoma imzolashim ham mumkin. Menda shunday takliflar borki, uni rad etib bo'lmaydi", - dedi van Gal.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: eurosport.com