Van Gal: "Manchester Yunayted" o'yinni "o'ldirish"ni o'rganishi kerak"
20 okt 2014 13:41
Yangiliklar


Van Gal: "Manchester Yunayted" o'yinni "o'ldirish"ni o'rganishi kerak"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal o'z jamoasi nima ustida ishlashi kerakligi haqida gapirib berdi.
"O'yinda jismoniy holat hal qiluvchi rolni o'ynashi mumkin. So'nggi mashg'ulotlarda qiyin mashqlarni kamaytirdik, chunki futbolchilar 90 daqiqa o'ynay olishlari kerak. Meni mashg'ulotlarda xursand qiladigan narsa: futbolchilarning borini berish ishlashi.
Biz o'yinni "o'ldirish"ni o'rganishimiz kerak, buning uchun jamoaga faqat sakkiz o'yinchi emas, barcha 11tasi ham kerak bo'ladi. Aks holda jamoa pastga tushib ketadi. Hozir shu narsa ustida ishlayapmiz" - deydi van Gal.

Fikrlar