Van Gal jahon chempionati oldidan terma jamoaga voleybol murabbiyini qo'shib oldi
24 sen 2022 23:46
Yangiliklar
Van Gal jahon chempionati oldidan terma jamoaga voleybol murabbiyini qo'shib oldi
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal murabbiylar shtabiga voleybol mutaxassisini jalb etdi.
Bundan maqsad, ehtimoliy penaltilar seriyasida Niderlandiya ustunligini taminlash sanaladi.
71 yoshli murabbiy eng kuchli voleybol murabbiylaridan biri Piter Merfini "penalti qotili" deb atadi.
Merfining vazifasi penalti tepayotgan raqib futbolchisining zarbasi qaysi yo'nalishga tepilishini darvozabonlarga o'rgatish bo'ladi.
Yodingizda bo'lsa, 2014 yilgi jahon chempionati 1/4 finalida Van Gal penaltilar seriyasi arafasida darvozabonni o'zgartirgandi va bu ish bergandi.
Fikrlar