Van Deyk: "Xatoimni tan olaman"
17 mar 2019 22:13
Yangiliklar


Van Deyk: "Xatoimni tan olaman"
"Liverpul" himoyachisi Virjil Van Deyk "Fulxem" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Jamoasi o'tkazib yuborgan golda himoyachi to'pni Alissonga sekinroq oshirib berdi va shu boisdan Rayan Babel vaziyatdan unumli foydalanib ketdi.
"O'zimni oqlamayman. O'tkazib yuborilgan gol vaziyatida men yaxshiroq o'ynay olishim kerak edi, xatoimni tan olaman. "Fulxem" gol urish uchun imkoniyatga ega bo'ldi, ammo biz uch ochko oldik.
Qiyin bo'lishini bilgandik, biroq vazifamizni o'zimiz qiyinlashtirdik. Bizga xotirjamlik etishmadi. Endi bor etiborimizni milliy termadagi o'yinlarga qaratamiz", - dedi van Deyk.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar