Van Deyk: "O'shanda ikki kun uxlay olmadim"
27 dek 2022 20:44
Yangiliklar
Van Deyk: "O'shanda ikki kun uxlay olmadim"
Niderlandiya termasi himoyachisi Virjil van Deyk milliy jamoaning JCHdan chiqib ketganidan ancha vaqt xomush bo'lib yurganini tan oldi.
"O'sha o'yindan keyin ikki kun uxlay olmadim. Bu mantiqan to'g'ri holat bo'lsa kerak. Xatto ikki gol o'tkazib yuborganimizdan keyin ham bizda muvaffaqiyat uchun yo'l bor edi. Afsuski, penaltini aniq amalga oshira olmadim. Bu juda og'riqli bo'ldi. O'shandan keyin juda og'ir oqshom va tunni o'tkazdim", - dedi van Deyk.
Eslatib o'tamiz, JCH 1/4 finalida niderlandiyaliklar Argentina bilan asosiy va qo'shimcha bo'limlarda 2:2 hisobini qayd etdi va penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Fikrlar