Van Deyk: "Liverpul"da gol urish uchun doim imkoniyat bo'ladi"
24 jan 2020 10:50
Yangiliklar


Van Deyk: "Liverpul"da gol urish uchun doim imkoniyat bo'ladi"
"Liverpul" himoyachisi Virjil Van Deyk APL 24-tur doirasidagi "Vulverxempton"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Raqibga hurmatni saqlaymiz, ular juda yaxshi o'ynashdi. Raqib tarkibida ajoyib o'yinchilar bor. Bunday jamoaga qarshi o'ynash qiyin kechadi.
Ikkinchi bo'limda "bo'rilar"da imkoniyatlar yuzaga keldi. O'tkazib yuborilgan goldan xursand emasmiz albatta, ammo bizda har doim gol urish uchun imkoniyat bo'ladi", - deydi Van Deyk.
Mersisaydliklar bu g'alabadan so'ng 67 ochko jamg'arishdi va taqibchi bilan o'rtadagi farqni 16 ochkoga etkazishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar