Van Deyk: “Liverpul” hali hech narsa yutmadi”
05 dek 2019 09:28
Yangiliklar


Van Deyk: “Liverpul” hali hech narsa yutmadi”
Mersisaydliklar himoyachisi 32 ta o'yindan beri davom etayotgan mag'lubiyatsiz uchrashuvlar seriyasi haqida gapirdi.
“Everton”ga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. O'yinning asosiy qismi biz uchun qulay o'tdi. Juda ham tezkor harakatlandik. Butkul haqli g'alaba. Anchadan beri maydonga tushmagan futbolchilar esa o'zlarini ko'rsata oldi. Bu judayam yaxshi. Bunday uzoq davom etadigan mavsumda har bir o'yinchining foydasi tegadi. Bizga hamma narsa kerak va hozir hammasi joyida. Origi ham fantastik o'ynadi. Klubning rekordi — ajoyib. Biroq biz hali hech narsa yutmadik. Oxirigacha borishni istaymiz”, — deydi Virjil van Deyk.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar