2026/27 yilgi mavsumda dunyoning eng qimmat 10 ta futbol klubi nomi ma'lum qilindi

19 avg 2026, 08:55
Yangi mavsumda sayyoramizning eng qimmat futbol jamoalari ro'yxati e'lon qilindi.

Kuchli uchlikdan "Real", "Barselona" va "Liverpul" joy oldi.

APLdagi oxirgi ikki mavsumda ligada qolish uchun kurashganiga qaramay, zamonaviy infratuzilmasi va o'sib borayotgan tijoriy daromadlari bilan ajralib turadigan "Tottenxem" ro'yxatni yakunlab berdi.

Forbes talqiniga ko'ra 2026/27 yilgi mavsumda dunyoning eng qimmat 10 ta futbol klubi:

1. "Real" Madrid - $9,5 mlrd (bir yilda +41%)

2. "Barselona" - $7,5 mlrd (+33%)

3. "Liverpul" - $7,43 mlrd (+38%)

4. "Manchester Yunayted" - $7,2 mlrd (+9%)

5. PSJ - $5,8 mlrd (+26%)

6. "Bavariya" - $5,7 mlrd (+12%)

7. "Manchester Siti" - $5,5 mlrd (+4%)

8. "Arsenal" - $5,4 mlrd (+59%)

9. "Chelsi" - $4,2 mlrd (+29%)

10. "Tottenxem Xotspur" - $3 mlrd (-9%)

O'xshash yangiliklar


Manba: Forbes