Van Deyk: "FIFA reytingida 2-o'rinni egallab turgan jamoaga qarshi o'ynash oson emas"
26 sen 2022 15:48
Yangiliklar


Van Deyk: "FIFA reytingida 2-o'rinni egallab turgan jamoaga qarshi o'ynash oson emas"
Virjil van Deyk Niderlandiyaning Millatlar Ligasida Belgiya ustidan qozongan g'alabasini (1:0) yuqori baholadi.
"Bajarildi. Bugun qiyin bo'ldi. Yana bir bor darvozani "quruq" saqlash juda muhim edi.
Belgiyaliklar bizdan o'tib ketishi uchun nazariy imkoniyat bor edi, ammo uchta gol o'tkazib yubormasligimizga ishonchimiz komil edi. Har doim yaxshilanadigan narsa bor.
Dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilari de Bryuyne va Azarga ega, FIFA reytingida 2-o'rinni egallab turgan jamoaga qarshi o'ynash oson ish emas. Lekin yakunda biz g'alaba qozondik va bundan juda xursandmiz", – dedi niderlandiyalik himoyachi.
O’xshash yangiliklar
16:49
Bundesliganing TV bo'yicha 2025/26 yilgi mavsum uchun pul taqsimoti: har bir klub qancha oladi? 1

Fikrlar