Van der Sar Niderlandiyaga ko'chirildi, uning ahvoli barqaror
15 iyu 2023 18:19
Yangiliklar
Van der Sar Niderlandiyaga ko'chirildi, uning ahvoli barqaror
"Ayaks" sobiq bosh direktori Edvin van der Sarning rafiqasi Sara Annemari turmush o'rtog'ining ahvolini oshkor qildi.
"Edvin Xorvatiyadan ko'chirildi va hozirda Niderlandiyada intensiv terapiyada. Uning ahvoli o'zgarmagan: barqaror, hayot uchun xavfsiz holatda. Edvin intensiv terapiya bo'limida qolishi kerak, u erda keyingi tekshiruvlardan o'tadi va oilamiz shundan so'ng uning tiklanishiga etibor qarata olishiga chin dildan umid qiladi", – dedi Sara Annemari.
7 iyul kuni 52 yoshli niderlandiyalik Xorvatiyadaligi paytida miyasiga qon quyilishi oqibatida kasalxonaga yotqizilgandi. 2023 yilning may oyida mutaxassis "Ayaks" bosh direktori lavozimini tark etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar