Van de Bek Sulsher bilan muzokara o'tkazadi. Xavbek MYUdagi rolini bilmoqchi
01 iyu 2021 11:00
Yangiliklar


Van de Bek Sulsher bilan muzokara o'tkazadi. Xavbek MYUdagi rolini bilmoqchi
Yarim himoyachi Donni van de Bekda "Manchester Yunayted"dagi kelajagi borasida shubha bor.
Futbolchi jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bilan muzokara o'tkazadi va mutaxassis unga keyingi mavsumda qanday rol berishini so'raydi.
Xavbekni Evropa Ligasi finali doirasidagi "Vilyarreal" (1:1, penaltilar bo'yicha 10:11)ga qarshi o'yinda maydonga tushmagani hayron qoldirdi.
Van de Bek ayni damda Niderlandiya terma jamoasi ixtiyorida bo'lib turibdi va Evro-2020ga tayyorlanmoqda.
24 yoshli o'yinchi o'tgan mavsum MYU safida barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi. U APL doirasidagi atigi 4ta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar