Valverdening kelajagi borasida aniqlik kiritildi
14 may 2019 01:00
Yangiliklar


Valverdening kelajagi borasida aniqlik kiritildi
Marca'ning xabar berishicha, Barselona ustozi Ernesto Valverde mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etmaydi.
"Blaugranaslar" rahbariyati uni bo'shatmoqchi emas. Biroq, kataloniyaliklarning muxlislari ECHL yarim finalining «Liverpul»ga qarshi javob (4:0) bahsidagi qoniqarsiz natijadan keyin 55 yoshli mutaxassisni jamoadan ketishini istashmoqda.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik murabbiy 2017-yilda «Atletik»dan «ko'k-anorranglilar» boshqaruviga kelgandi. Uning qo'l ostida jamoa 2 bora LaLiga chempionligini hamda 1 martadan Ispaniya Kubogi va Superkubogi g'olibligini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar