"Svet yo'q". "Barselona" - "Inter" o'yini ertaga o'tkazilmasligi mumkin
29 apr 00:32
Yangiliklar


"Svet yo'q". "Barselona" - "Inter" o'yini ertaga o'tkazilmasligi mumkin
Ispaniyadagi elektr energiyasi bilan bog'liq muammolar UEFA Chempionlar ligasi o'yini ko'chrilishiga olib kelishi mumkin.
"Inter" jamoasi 29 aprel kuni Barselonaga uchishni mo'ljallagan, ammo elektr energiyasi taminotidagi uzilishlar tufayli ularning reyslari bekor qilingan bo'lishi mumkin. Bu vaziyat "Barselona" va "Inter" o'rtasidagi Chempionlar Ligasi yarim final o'yinining 30 aprel kuniga belgilangan sanasiga tasir ko'rsatishi ehtimoli bor.
Agar o'yin ko'chirilishi yoki bekor qilinishi haqida rasmiy elon bo'lsa, bu malumot UEFA yoki klublarning rasmiy saytlarida elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, 2025 yil 28 aprel kuni Ispaniyada katta miqyosdagi elektr energiyasi uzilishi sodir bo'ldi, bu mamlakatning ko'plab hududlari, jumladan, Madrid va Barselona kabi yirik shaharlarni qamrab oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar